Joriy yil yanvar-mart oylari davomida “Aviayuklar” TIF bojxona postida 14 495 ta bojxona yuk deklarasiyalari rasmiylashtirilgan bo`lib, ushbu ko`rsatkich o`tgan yilga nisbatan 17,6% ga ortgan.
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kuchaytirilgan tartib amal qilayotgan hozirgi sharoitda xodimlar karantin qoidalariga to`la amal qilgan holda barcha tovarlarni dezinfeksiya qilish tadbirlaridan so`ng tezkorlik bilan rasmiylashtirib, inson omilini kamaytirgan holda ish olib borishmoqda.






