Ko`chada YPX xodimlari taksi haydovchilariga faqat belgilangan vaqt ichida yurish kerakligini aytib, karantin koidalarini buzganlik uchun ma`muriy jarima qo`llab, mashinani jarima maydochasiga qo`ymoqda. Lekin 71 kodli 230-71-81 raqamidagi karantin bo`yicha ishchi guruhga telefon kilinsa, u erdagi vakillar maxsus kommissiyaning karoriga ko`ra, 24 soat davomida bemalol taksi faoliyati bilan shug`ullansa bo`lishini aytmoqda. Haydovchilar bunga ishonib, ko`chaga chiqib ketishyapti. Ko`chada esa YPX xodimlari ularni jarimaga tortyapti. Aytingchi, nega YPX xodimlari bilan ishchi guruh bir-biridan farqli fikr bildirmoqda? Buni qanday tushunish mumkin?
AOKA shtabiga kelib tushgan savolga IIV matbuot kotibi Shoxruh Giyasov quyidagicha javob berdi:
➖ Hurmatli fuqaro, Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-son bayoni qaroriga muvofiq, “yashil” va “sariq” toifadagi hududlarda yunalishsiz taksilarga yo`lovchi tashishga quyidagi talablar asosidagina ruxsat berilgan. Bunda: yo`nalishsiz taksilar – yo`lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o`rindig`i yo`lovchilar o`rindig`idan shaffof plastik yoki maxsus plyonka bilan to`silgan bo`lishi, haydovchi va yo`lovchi tibbiy niqobda bo`lishi (tibbiy niqobsiz yo`lovchini tashish taqiqlanadi), yo`lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o`rindig`iga o`tkazilishi hamda faqat o`z (avtotransport vositasi davlat ro`yxatidan o`tkazilgan) hududida harakatlanishi lozimdir.
Shuningdek, avtotransport vositalarining maxsus ruhsatnomasiz (stikersiz) harakatlanishiga faqatgina “yashil” toifadagi hududlardagina ruhsat berilgan bo`lib, “sariq” va “qizil” toifadagi hududlarda esa avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz (stikersiz) faqat kunning muayyan vaqtida (07:00 dan - 10:00 gacha, 17:00 dan - 20:00 gacha) harakatlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan qoidalarni buzilishi, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq, ma`muriy javobgarlikka tortish hamda yo`nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshiruvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning lisenziyasini bekor qilinishiga sabab bo`ladi.