O`zbekistonda shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo`yicha cheklovlar bekor qilinishi mumkin. Bu haqda Shavkat Mirziyoev raisligida bugun o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida aytib o`tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida bugun o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida qayd etilganidek, Toshkent shahridan Nukus, Urganch, Termiz shaharlariga aviaqatnovlarni tiklash, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi shaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poezdi hamda Farg`ona vodiysiga poezd qatnovini qayta yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, shaharlar ichida shaxsiy avtomobillar harakati bo`yicha cheklovlarni bekor qilish masalasi o`rganilmoqda. Transport, Ichki ishlar va Sog`liqni saqlash vazirliklariga bular bo`yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish vazifasi qo`yildi.