1

Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolariga charter reyslar bo`yicha muhim ma`lumotlar berdi

Hi-tech 13.05.2020, 22:34
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi O`zbekiston fuqarolariga charter reyslar bo`yicha muhim ma`lumotlar berdi

Rossiya Federasiyasidan tashkil etilayotgan charter reyslar yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga murojaat qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 12 may holatiga ko`ra, Elchixona Konsullik bo`limi tomonidan tuzilgan onlayn-ro`yxatga Vatanga qaytish istagini bildirgan 55 ming kishi kiritilgan. Bu kabi ro`yxatlar O`zbekistonning Rossiya hududlaridagi Bosh konsulxonalari tomonidan ham yuritilib, ularda taxminan 10 mingga yaqin fuqaro qayd etilgan. Joriy yili 11-12-may kunlarining o`zida 14 ming kishi O`zbekistonga qaytishda yordam so`rab Elchixonaga murojaat qilgan.

Hozirgi vaqtda Elchixona o`z imkoniyati va vakolatlari doirasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiyadan imkon qadar tez muddatda olib chiqishga barcha kuchlarini safarbar qilgan. Tezkor shtab tuzilgan, 9 ta xodimdan iborat maxsus guruh tashkil etilib, u doimiy ravishda fuqarolar bilan ishlab kelmoqda.

Ma`lumki, charter reyslariga birinchi navbatda keksa, kasal fuqarolar, homilador va bolali ayollar, shuningdek, ilgari bekor qilingan doimiy reyslarga chiptasi bor fuqarolar joylashtiriladi. Shu sababli Elchixona diplomatlari tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar so`ralganda vatandoshlarimizdan vaziyatni to`g`ri tushunishlarini va tegishli hujjatlarni taqdim etishlarini so`raymiz.  

Bundan tashqari, so`nggi kunlarda Elchixona va Konsullik bo`limi atrofida charter reyslari orqali O`zbekistonga qaytish istagida bo`lgan fuqarolarimiz to`planishi kuzatilmoqda. Ushbu holat turli kasalliklar, shu jumladan, COVID-2019 koronavirus infeksiyasini yuqtirish xavfini orttiradi.

Qayd etish joizki, Elchixona Rossiyadan uchib ketishni xohlagan fuqarolar ro`yxatini o`z konsullik okrugi (Markaziy federal okrug) doirasidagina olib bormoqda. Rossiyaning boshqa hududlarida bo`lib turgan vatandoshlarimiz O`zbekistonning tegishli Bosh konsulxonalariga murojaat qilishlari mumkin:

- O`zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Shimoli-G`arbiy federal okrug. e-mail: gkruspb@mail.ru +78126010628,  Telegram, Whatsapp, Viber, Imo +998909942747;

- O`zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi– Janubiy federal okrug va Shimoli-Kavkaz federal okrugi. e-mail: uzbek.rnd@mail.ru; rostov@mfa.uz   +7 863 2855057;

- O`zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi– Volgabo`yi federal okrugi. e-mail: kazan@mail.ru   +7 843 5265565; +7 843 5265563;

- O`zbekistonning Ekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi– Ural federal okrugi. e-mail: uzgenconsul-eka@mail.ru abdusalomx@yahoo.com Tel.: + 7 (343) 2723133; +7 965 5194222;

- O`zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi– Sibir federal okrugi e-mail: consul2011@inbox.ru   8(383)2460485, 2460484, 2460463, 2460464;  

- O`zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi– Uzoqsharqiy federal okrugi. e-mail: gkuzvlv@mail.ru; +74232604800, + 7 964 431 16 16.

Elchixona Rossiyadagi o`zbekistonliklarning COVID-2019 koronavirusi tarqalishi bilan bog`liq vaziyatdan xavotirlari va Vatanga, o`z oila va yaqinlari bag`riga qaytish istagini yaxshi tushunadi. Shu bilan birga, Elchixona Rossiyadagi vatandoshlarimiz to`qnash kelayotgan moliyaviy qiyinchiliklar haqida ham xabardor bo`lib, shu kunlarda “Mehr” loyihasi doirasida fuqarolarimizga bir marta beriladigan moddiy yordam to`lab berishni boshladi, deyiladi murojaatda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1