1

Farg`onada sodir bo`lgan yana bir YTH natijasida 3 yoshli voyaga etmagan bola vafot etdi

Jinoyat 19.05.2020, 15:01
Farg`onada sodir bo`lgan yana bir YTH natijasida 3 yoshli voyaga etmagan bola vafot etdi

Joriy yilning 18 may kuni soat 14:50 larda, Farg`ona viloyati, O`zbekiston tumani, O`qchi mahallasi hududidan o`tgan 4R-154 “Qo`qon-Yaypan-Isfara” avtomobil yo`lining 12 km.da haydovchi 1998 y.t. I.M. “Vaz-21011” rusumli transport vositasi tezligini me`yoridan oshirgan holda boshqarayotib, to`satdan yo`lga yugurib chiqqan piyoda 2017 y.t. E.T.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, piyoda, voyaga etmagan 3 yoshli E.T. (o`g`il bola) og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan O`zbekiston tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Barcha haydovchilardan yo`llarda piyodalarga e`tiborli bo`lishlarini, ota-onalar yosh bolalarni qarovsiz qoldirmasliklarini so`rab qolamiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1