1

O`zbekistondan Turkiyaga eksport yuklari ortilgan 700 dan ortiq konteynerlar yuborildi

Iqtisodiyot 20.05.2020, 17:22
O`zbekistondan Turkiyaga eksport yuklari ortilgan 700 dan ortiq konteynerlar yuborildi

O`zbekistondan Turkiyaga eksport yuklari ortilgan 700 dan ortiq konteynerlar yuborildi. Ushbu yuk tashishlarga xizmat ko`rsatish "O`ztemiryo`lkonteyner"AJ tomonidan amalga oshirildi.

O`zbekiston va Turkiya temir yo`l ma`muriyatlari o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida, shu kunlarda onlayn-videokonferensiya orqali muzokaralar bo`lib o`tdi.

Ishtirokchilar tomonidan xalqaro qatnovlarda yuklarni temir yo`l orqali tashish va konteyner tashuvlarini oshirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etildi.

Yuk tashishdagi hamkorlik rivojlanayotgan multimodal yo`lak (koridor)ning o`ziga xos xususiyati, ishtirokchi mamlakatlar eksportchilari uchun o`z mahsulotlarini qisqa muddatda etkazib berish imkoniyatini ta`minlash omili ekanligi ta`kidlandi.

Shuningdek ta`kidlanishicha, shu kunlarda Transkavkaz multimodal yo`lagi (koridori) bo`ylab navbatdagi konteynerli yuk poezdi Turkiyadan O`zbekiston orqali Qirg`izistonga, ishlab chiqarish sohasiga yo`naltirilgan butlovchi va ehtiyot qismlar 149 ta konteynerlarda (20-40 futli) etkazib berilgan.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1