1

Alisher Usmonov Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so`mlik yordam ajratdi

Iqtisodiyot 21.05.2020, 18:36
Alisher Usmonov Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so`mlik yordam ajratdi

Alisher Usmonov Hayit bayrami arafasida Namangandagi 5 ming oilaga 12,5 mlrd so`mlik yordam ajratdi. Bu haqda namangan hokimligi matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev o`z telegram kanalida ma`lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha tadbirkor Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi qariyb 5 ming oilaga jami 12,5 milliard so`mlik moliyaviy ko`mak ko`rsatgan. Namangan shahridagi 3000, Chust tumanidagi 1000, Namangan tumanidagi 997 ta xonadon yo`qlangan. O`rganishlar davomida yakka-yolg`iz, boquvchisini yo`qotgan, nogironlari bor oilalar tanlab olingan.  

Milliarder tomonidan ajratilgan mablag` «O`zmilliybank» plastik kartalariga o`tkazilib, mahalla fuqarolar yig`inlari raislari, sektor vakillari va bank xodimlari tomonidan mazkur oilalar vakillariga etkazib berilgan.  

Jumladan, Namangan shahridagi “G`ishtko`prik” mahallasida 30 ta oilaga ichida 2,5 million so`m mablag`i bo`lgan plastik kartalar tarqatilgan. Birgina shu mahallaga ko`rsatilgan yordamning umumiy summasi 75 million so`mni tashkil etgan. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1