1

"O`zbekneftgaz" AJ rahbariyati Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi holatni o`rgandi (Foto)

Iqtisodiyot 22.05.2020, 19:24
"O`zbekneftgaz" AJ rahbariyati Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi holatni o`rgandi (Foto)

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan belgilangan neft-gaz sanoatining moliyaviy barqarorligini oshirishning birinchi navbatdagi chora-tadbirlari to`g`risidagi vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida "O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev joriy yilning 19-20 may kunlari Buxoro viloyatidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo`ldi. Bu haqda jamiyatning Matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlab, "Gazli neft va gaz qazib chiqarish" boshqarmasi tasarrufidagi "To`maris" konidagi qurilish maydoni va u erdagi konda olib borilayotgan "Gazni dastlabki tayyorlash qurilmasi"ning qurilish ishlari qay darajada bajarilayotgani o`rganildi.

Uglevodorodlar qazib chiqarish prognoz ko`rsatkichlarini bajarish, tabiiy gaz qazib chiqarish va etkazib berish tizimidagi muammoli masalalarni bartaraf etish bo`yicha kerakli topshiriq berildi.

"To`maris" konidagi quduqlardan qazib olinayotgan tabiy gaz tarkibidan mexanik birikmalar, kondensat va texnik suyuqlikni ajratib olishni yo`lga qo`yish bo`yicha qilinishi kerak bo`lgan ishlar borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Boshqaruv raisi qurilish ishlarini joriy yilning 25 may kuniga qadar to`liq tugallash va qurilmani ishga tushirish kerakligini ta`kidladi.

Bundan tashqari, bu erda ishlayotgan ishchi-xodimlarning sog`ligi, yashashi, ishlashi uchun yaratilgan sharoit, neft va gaz qazib olish hajmini oshirish uchun bajarilayotgan ishlar ham o`rganildi. 

Eslatib o`tamiz, Boshqaruv raisi va "Ishchi guruh" a`zolari 21-22 may kunlari "Andijonneft" AJdagi ishlar holatini o`rganadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1