AsosiyJamiyat

Toshkentda Respublika “Ipoteka - bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi

'Toshkentda Respublika “Ipoteka - bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Joriy yil 24 may kuni respublika “Ipoteka - bank” bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.  Bu haqda SSV xabar qildi.

Ma`lumotlarga qaraganda, kasallikka chalingan fuqaro yaqin 20 kun ichida o`zi va oila a`zolari mehmonga bormagan, qo`ni-qo`shnilarnikiga ham chiqmagan. Uning yashash manzili bo`yicha muloqotda bo`lgan barcha oila a`zolari belgilangan tartibda karantinga olindi. Qo`shimcha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Bemor bilan  muloqotda bo`lgan hamkasblari ham belgilangan tartibda 14 kunlik karantin nazoratiga olingan. Qolgan xodimlar esa yashash manzillari bo`yicha tibbiy nazoratga olindi. Barcha muloqotda bo`lganlardan laborator tahlil uchun namunalar olingan.

Bank binosida Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya epidemiologik osoyishtaligi agentligi mutaxassislari tomonidan zararsizlantirish ishlari o`tkazildi.

Aholi orasidan koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari uchrab turganini hisobga olib, Sog`liqni saqlash vazirligi aholidan, yana bir bor, karantin qoidalariga, jumladan, ijtimoiy masofani saqlash, ya`ni qo`l berib yoki quchoqlashib ko`rishishdan tiyilish, jamoat joylarida to`planmaslik, qo`llarni tez-tez va yaxshilab yuvish, tibbiy niqob taqish kabi ehtiyot choralarini ko`rishni va sanitariya qoidalarga qat`iy amal qilishlarini so`raydi.  

 

    Boshqa yangiliklar