1

BMT koronavirus epidemiyasining ikkinchi to`lqinining oldini olish yo`lini ma`lum qildi

Dunyo 25.05.2020, 15:40
BMT koronavirus epidemiyasining ikkinchi to`lqinining oldini olish yo`lini ma`lum qildi

Koronavirusning ilk o`chog`i va pademiyaning sababchisi Xitoyda ham, Janubiy Koreyada ham koronavirusdan zararlanish holatlari yana qayd etila boshlandi. Koronavirus o`chog`i bo`lib turgan Rossiya virusning ilk talofatini bartaraf qilmasdan uning ikkinchi to`lqiniga tayyorgarlik ko`rishni boshladi. Ular pandemiyaning ikkinchi to`lqinini kuzda kutayapti.  

O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliev yurtimizda ham koronaviursning ikkinchi to`lqini kuzda bo`lishi mumkinligini aytib o`tdi.

Ekspertlarning bildirishicha, koronavirusning ikkinchi to`lqini ancha kattaroq talofatlar bilan o`tishi mumkinligini bashorat qilishmoqda.

Biroq BMT Bosh kotibining gumanitar masalalar bo`yicha o`rinbosari Mark Loukok koronavirusning ikkinchi to`lqinining oldini olish yo`lini aytib o`tdi. Uning ma`lum qilishicha, koronavirus epidemiyasining ikkinchi to`lqinining oldini olish uchun kambag`al mamlakatlarda uning tarqalishini to`xtatish kerak.

Uning ta`kidlashicha, agar AQSh va Evropa davlatlari qashshoq mamlakatlarga yordam bermasa, dunyo koronavirus infeksiyasining yangi zarbasiga duch keladi va virus AQSh, Evropa va boshqa g`arbiy davlatlariga yana qaytadi.

Loukok, shuningdek, agar hozir hech qanday chora ko`rilmasa, turli mojarolar, ochlik va qashshoqlikning keskin ko`payishiga tayyor bo`lish kerakligi haqida ham ogohlantirdi.

Avvalroq BMT dunyodagi 37 ta qashshoq davlatga koronavirus bilan kurashishda yordam berish uchun 1 milliard dollar miqdorida mablag` ajratganini ma`lum qilgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1