Samarqand shahrida karantin choralari yanada kuchaytirildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko`ra, 26 may kunidan Samarqand shahri hududida belgilangan ruxsatnoma (stiker)ga ega bo`lgan hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan "yashil yo`lak"da ro`yhatda turgan transport vositalarining maqsadli harakati davom etadi.
Karantin cheklovlariga qat`iy rioya qilish so`raladi.