Prezident Shavkat Mirziyoev aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar, fuqarolar hayotini yaxshilash, farovonligini oshirish yo`lida qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida bugun poytaxtimizning Sergeli tumani va Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga boradi.
Safar chog`ida ko`p qavatli uylar, sanoat korxonalari, ta`lim va tibbiyot muassasalarini ko`zdan kechirish, faollar bilan muloqot qilish rejalashtirilgan.