1

Samarqandda aholi orasidan yana 4 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 30.05.2020, 23:20
Samarqandda aholi orasidan yana 4 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 30 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3546 (+23) nafarni tashkil etmoqda.

 Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, 19 nafari Karantin markazidan, jumladan, Sankt-Peterburg – Toshkent yo`nalishidagi charter reysi orqali kelgan 14 nafar, 26 may kuni Moskva – Toshkent yo`nalishidagi charter reysi orqali 2 nafar, 26 may kuni Qozog`iston va xuddi shu kuni Rossiya – Qozog`iston orqali mamlakatimiz hududiga kirib kelgan yana 3 nafar fuqaroda qayd etildi.  

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 2783  (+55) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi.  

 

❗️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 749 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1