1

Payariqda koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy qismi tibbiyot xodimlari ekani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 30.05.2020, 23:53
Payariqda koronavirus bilan kasallanganlarning asosiy qismi tibbiyot xodimlari ekani ma`lum bo`ldi

Avvalroq, 23 maydan boshlab Payariq tuman markaziga ham kirish-chiqish vaqtincha cheklangani xabar qilingan edi.

Payariq tumani hokimligi axborot xizmatining ma`lum qilishicha, tumanda 28 nafar fuqaroda virus aniqlangan.

Bemorlarning 11 nafari (10 nafari viloyat, 1 nafari tuman) tibbiyot xodimi, 1 nafari tuman gaz idorasi xodimi, 1 nafari IIB xodimi,  3 nafari mavsumiy ishchi, 1 nafari haydovchi, 1 nafari tadbirkor, 4 nafari uy bekasi, 2 nafari maktab o`quvchisi, 4 nafari pensiyadagi insonlardir.  

"Yuqoridagi holatdan kelib chiqib barcha fuqorolarimizdan, manashunday vaziyatda qonunlarga itoatkorlikni oshirib,  bir yoqadan bosh chiqarib, birlashib bu baloni oqibatini rivojlangan davlatlardagi bo`layotgan holatlardan anglab, xulosa qilib kurashishga chaqiramiz", deya ogohlantirmoqda rasmiylar.

SEO markazi Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, bugun, 30 may kuni tuman sanitariya-epidemologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan 186 ta aholi xonodolarida epidemologik surishturuv ishlari olib borildi. 736 nafar fuqoroning tana harorati o`lchanib, shundan 5 nafarida tana harorati ko`tarilgani aniqlandi. 162 nafar fuqorodan koronatest olindi va 186 ta xonodonda dezinfeksiya ishlari olib borildi. 17 ta xonadon 14 kunlik karantinga olindi.

Tumanda 51 ta ma`muriy bino, 52 ta savdo do`koni,16 ta go`sht do`koni, 34 ta dorixona, 6 ta etkazib berish faoliyati bilan shug`ullanuvchi oshxonalar, 4 ta ko`p qavvatli uylarning kirish yo`laklari va bolalar o`yin maydonchalarida dezinfeksiya tadbirlari o`tkazildi. Markazda 234 ta engil avtomobillarda zararsizlantirish ishlari bajarildi.  

Tumanda tashkil etilgan Lazzat, Al-Buxoriy, Yangihayot, Quchuq va Payariq shahriga kirish hamda chiqish postlarida navbatchilik tashkil etilgan bo`lib dezinfeksiya tadbirlari to`liq amalga oshirilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1