Amerikaning 16 ta shtatidagi 25 ta shaharda fuqarolar tomonidan o`ktazilayotgan ommaviy norozilik namoyishlari sabab komendantlik soati joriy etildi, deb xabar berdi Daryo CNN manbasi asosida.
Tartibsizliklar va polisiya bilan to`qnashuvlarga olib kelayotgan norozilik namoyishi 25 may kuni Minneapolisda polisiya tomonidan qo`lga olingan 46 yoshli afroamerikalik Jorj Floyd vafot etganidan so`ng boshlandi. Gumonlanuvchini qo`lga olishda ishtirok etgan polisiyachilardan biri uni yuzi bilan asfaltga yoqtizib, tizzasi bilan bir necha daqiqa bosib turgan va u nafas olishdan to`xtagan.
Afroamerikalikning o`limi Black Liver Matter nozorilik harakatining yana avj olishiga turtki bo`ldi. Bu haqda saytda avval xabar berilgandi. Floydni o`ldirgan polisiyachiga rasman ayblov e`lon qilingan, biroq namoyishchilar qo`lga olishda ishtirok etgan boshqa uch nafar polisiyachi ham jazolanishini talab qilmoqda. Ommaviy noroziliklar bir qator shaharliklarda talon-toroj va tartibsizliklarga aylanib ketgan. Polisiya namoyishchilarga qarshi rezina o`q va ko`zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanishni boshladi.
Komendantlik soati 31 may kuni tongda Minneapolis, Los-Anjeles, San-Fransisko, Denver, Mayami, Atlanta, Chikago, Klivlend, Portlend, Filadelfiya, Pittsburg, Neshvill, Sietl shaharlarida e`lon qilingan. Boshqa shaharlarda qo`shimcha ravishda favqulodda holat rejimi amalda. Ammo komendantlik soatiga qaramay odamlar kechasi ham namoyishga chiqishda davom etmoqda.