AsosiyJamiyat

Samarqandda 45 nafari tibbiyot xodimlari, 36 nafari maktab o`quvchilarida koronavirus aniqlangan

'Samarqandda 45 nafari tibbiyot xodimlari, 36 nafari maktab o`quvchilarida koronavirus aniqlangan'ning rasmi

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 1 iyun kuni qilgan jamoatchilik oldida qilgan chiqishida hududda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishga doir ayrim raqamlarni aytib o`tdi.

Ma`lum bo`lishicha, Samarqand viloyatida kasallanganlarning 45 nafari tibbiyot xodimlari, 42 nafari vaqtincha ishsizlar, 36 nafari maktab o`quvchilari, 10 nafari soliqchilar, 6 nafari bankirlar, 5 nafari gaz ta`minoti korxonasi xodimlaridir.

«Bundan tashqari ikki nafar etkazib berish xizmatidagi taksi haydovchisi ham kasallik yuqishiga sababchi bo`lgan. ‘Dostavkachi’ juda ko`p joyga borgan, o`ziga yarasha katta kasallanish doirasini hosil qilgan», — dedi Samarqand viloyati hokimi.

 

    Boshqa yangiliklar