Navbahorda karantin qoidalarini buzgan tadbirkordan pora talab qilgan DSEN inspektori ushlandi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Departamentning Navbahor tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy viloyati Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Navbahor tumani filiali inspektori Sh.H. o`z xizmat mavqeidan foydalanib, jinoyatga qo`l urgani aniqlandi.
DSEN inspektori yakka tartibdagi tadbirkor H.M.ga karantin talablariga rioya etmasdan, niqobsiz yurganligini vaj qilib, unga nisbatan rasmiylashtirilgan ma`muriy bayonnomani yo`q qilish evaziga 100 ming so`m pora talab qilgan. Biroq, u mazkur kelishilgan so`mmani olayotgan vaqtida esa ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda, deyiladi xabarda.