AsosiyJamiyat

Ertaga vatandoshlarimiz uchun Moskvadan O`zbekistonga charter reys qo`yiladi

'Ertaga vatandoshlarimiz uchun Moskvadan O`zbekistonga charter reys qo`yiladi'ning rasmi

✈️ Toshkent — Moskva — Toshkent

️Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.  

▪️Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.  

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent – Istanbul – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar