"Pod`ezd"lar — ko`p qavatli uylarga kirish-chiqish yo`laklarida epidemiyaga qarshi, koronavirusdan himoyalovchi etarli choralar ko`rilmaydi. Shuning uchun virus u erda uzoq vaqt saqlanib turishi mumkin.
Bu haqda Duma qo`mitasi raisining birinchi o`rinbosari, sobiq Bosh sanitariya shifokori Gennadiy Onishenko ma`lum qildi: «Kasallanish xavfi nuqtai nazaridan pod`ezdni "unutilgan joy" deb ta`riflayman».
Zina tutqichlari, lift tugmachalari, domofonda infeksiya bo`lishi mumkin. Yoki agar liftdan foydalanmasangiz, zinada qo`shnilarga duch kelasiz, muloqotda bo`lasiz. Bu ham virus yuqtirishning ehtimoliy xavfini kuchaytiradi.