AQShda afroamerikalik fuqaroning o`limidan so`ng boshlangan namoyishlarga Rossiya sabab bo`lishi mumkin. Bu haqda sobiq prezident Barak Obamaning xavfsizlik masalalari bo`yicha maslahatchisi Syuzan Rays CNNga bergan intervyusida ma`lum qildi.
«Mamlakatimizda namoyishlarni tinchlikka tayanib o`tkazadigan fuqarolarimiz bor, ular haqiqiy masalalarni ko`taradi. Shu bilan birga bizda ekstremistlar ham bor. Ular namoyishlarni boshqacha bir narsaga aylantirishni niyat qiladi”, - dedi Rays.
“O`zimning tajribamdan kelib chiqib aytamanki, namoyishlar vaqtidagi talon-tarojliklarga, hamda namoyishlarning izdan chiqishiga Rossiya sabab bo`lishi mumkin”, - qo`shimcha qildi u.
AQSh hukumati namoyishlar vaqtida polisiyaga qaratilgan hujumlarga ichki terrorizm sifatida qaralishini ma`lum qildi. Kelishmovchiliklar vaqtida ikki nafar polisiya xodimi yaralandi. Ofiserlardan biri vafot etdi.
AQShning 25 ta shahrida ommaviy noroziliklar sabab komendantlik soati e`lon qilindi.