Qirg`iziston Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Kubatbek Boronov va O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Botken viloyatining “Chechme-Avtodorojny” nazorat o`tkazuv punktida uchrashuv o`tkazdi.
Uchrashuv davomida bir kun oldin ikki davlat chegara hududidagi qishloqlar aholisi o`rtasida yuz bergan to`qnashuv muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar chegarada yuz bergan ko`ngilsiz voqea uchun afsusda ekanini bildirgan. Uning avj olib ketmasligi, keskinlikni yumshatish va keyinchalik bunday holatlarga yo`l qo`ymaslik uchun chora-tadbirlar ko`rishga kelishib olishdi.
Kubatbek Boronov va Abdulla Aripov ikki tomonlama hamkorlik va boshqa dolzarb masalalarda fikr almashdi. Tomonlar birgalikda hodisa bo`yicha birgalikda tergov harakatlari olib borishga kelishib oldi.