1

Turkiyada bugun istirohat bog`lari va restoranlar ochildi. Ammo...

Dunyo 01.06.2020, 18:13
Turkiyada bugun istirohat bog`lari va restoranlar ochildi. Ammo...

Turkiyada koronavirus tarqalishini to`xtatish uchun joriy qilingan cheklovlar bekor qilinmoqda. Bugun istirohat bog`lari va restoranlar ochildi. Ammo bu yumshatilgan tartiblar 18 yoshga to`lmaganlar va 65 yoshdan oshganlar uchun taalluqli emas.

Mamlakatda 1 iyun kunidan boshlab restoranlar, kafelar, istirohat bog`lari, sport zallari, suzish havzalari, sohillar, muzeylar, kutubxonalar ochildi hamda shaharlararo harakatlanishga qo`yilgan ta`qiqlar olib tashlandi. Bu haqda internet manbalarga tayanib Tarjumon.uz yozmoqda.

Shuningdek, bolalar bog`chalari va keksa hamda nogironlarga ko`mak berish markazlarining faoliyatiga ham ruxsat berilgan. Ammo, yuqorida ta`kidlanganidek 18 yoshga to`lmaganlar va 65 yoshdan oshganlar uchun cheklovlar saqlanib qolinadi.

Prezident Tayyip Erdo`g`an boshchiligidagi hukumat o`tgan bir necha haftadan beri karantin cheklovlarini asta-sekinlik bilan yumshatib kelmoqda. Rasmiylar hozirda mamlakatdagi epidimiologik vaziyat nazoratga olinganini aytishgan.

Eslatib o`tamiz, bugungi kungacha Turkiyada 163 942 nafar odam koronavirusga chalingan bo`lib, ularning 4540 nafari vafot etgan. 127 973 kishi tuzalgan, hozirda 31 429 kishi kasalxonalarda davolanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1