AsosiyJamiyat

Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko`paymoqda? Yana karantin joriy qilinadimi?

'Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko`paymoqda? Yana karantin joriy qilinadimi?'ning rasmi

Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o`tkazildi. Unda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Nega koronavirus infeksiyasi aholi orasida ko`paymoqda? Yana karantin joriy qilinadimi?

Javob: Karantin choralari yumshatilganidan so`ng ko`pchilik karantin qoidalariga rioya qilmay qo`ydi. Niqoblarni haftalab almashtirmay, ijtimoiy masofaga rioya qilmay qo`yishdi.

Keng aholi qatlami bilan muloqot boshlanib ketgani natijasida aholi orasida koronavirus yuqtirganlar aniqlana boshlandi.

Aslida karantin tadbirlari bekor qilingani YO`Q!

Aholi orasida kasallanish sur`ati shu tarzda oshib borsa karantin tadbirlari yana-da kuchaytirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar