Ushbu haftada 9 ta charter qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi transport vazirligi Axborot xizmati xabar qildi.
Xorijdagi O`zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq joriy haftada Uzbekistan airways aviakompaniyasi tomonidan Turkiya, Rossiya Federasiyasi, BAA va Misr Arab Respublikasi shaharlariga jami 9 ta qatnov amalga oshirilmoqda.
1 – 7 iyun kunlariga belgilangan charter reyslar jadvali:
1 iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
2 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
3 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
4 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
5 iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
6 iyun. Qohira – Toshkent – Qohira
6 iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
7 iyun. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
Eslatib o`tamiz, tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq 25-31 may kunlari amalga oshirilgan 8 ta qatnov orqali Rossiya Federasiyasi va Turkiyadan jami 2118 nafar hamyurtlarimiz O`zbekistonga olib kelindi.