1

Armaniston Bosh vaziri koronavirusga chalindi. U kasallikning hech qanday belgisini sezmagan

Dunyo 02.06.2020, 09:45
Armaniston Bosh vaziri koronavirusga chalindi. U kasallikning hech qanday belgisini sezmagan

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan koronaviursga chalindi. Bu haqda u o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozib qoldirgan, deya xabar qilmoqda ru.euronews.com sayti.

"Men xastalikning hech qanday belgisini sezmadim, shunday bo`lsada, test topshirishga qaror qildim. Mening tahlilim musbat chiqdi", deya yozib qoldirgan bosh vazir.

Shuningdek, uning ma`lum qilishicha, kasallik Pashinyanning oila a`zolariga ham yuqqan. 

 «Stolga stakanlarni tarqatib chiqayotgan ofisiant qo`lqop kiymagandi. Men shunga e`tibor berdim va idishlarni almashtirishni so`radim. Menimcha, u avval ham shunday harakat qilgan. Bir necha kun o`tgach, o`sha yigit koronavirusga chalingani tasdiqlandi», — deya, o`z taxminlarini bayon qilgan hukumat rahbari.
Ma`lumot uchun: kecha, 1 iyun kuni  Nikol Pashinyan 45 yoshga to`ldi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1