1

Respublikamiz bozorlaridagi narx-navolar ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 02.06.2020, 20:30
Respublikamiz bozorlaridagi narx-navolar ma`lum qilindi

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi narx-navoni o`rganishda davom etmoqda.  Tashkilot o`rganishlar natijasini ma`lum qildi.

1 iyun holatiga ko`ra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.

Tibbiy niqob, Andijon va Namangan viloyatida 500 so`m, Toshkent shahrida 6 ming so`m.

Antiseptik gel; Andijonda 700 so`m bo`lsa, Navoiy, Surxondaryo va Toshkent viloyatida 20 ming so`mgacha.

Mahalliy un birinchi navi; Toshkent viloyatida 1700 so`m, Toshkent shahrida 6 ming so`mni tashkil etmoqda.

Qolipli non; Qoraqalpog`iston va Andijon viloyatlarida 1250 so`m, Navoiy, Toshkent viloyatida 2 ming so`m.

Makaron; Qoraqalpog`istonda 2500 so`m, Buxoro viloyatida 10 ming so`m.

Shakar; Andijon viloyatida 4 ming so`m, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming so`m.

O`simlik yog`i; Toshkent shahrida 7500 so`mdan 15300 so`mgacha.

Xo`jalik sovuni; Farg`onada 1000 so`m, Toshkent shahrida 4 ming so`m.

Tuxum; Qoraqalpog`iston va Andijonda 500 so`m, Toshkent shahrida 1200 so`m.

Mol go`shti; Qoraqalpog`iston respublikasida 37 ming so`m bo`lsa, Toshkent shahrida 70 ming so`m.

Qo`y go`shti o`rtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming so`mgacha.

Tovuq go`shti; Namangan viloyatida 10 ming so`m, Toshkent viloyatida 30 ming so`m.

Guruch: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming so`mdan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ming so`mdan.

Kartoshka; Surxondaryo viloyatida 1000 so`m, Toshkent viloyatida 6500 so`m.

Piyoz; Surxondaryoda 500 so`m, Toshkent viloyati va Samarqand viloyatida 4 ming so`m.

Sabzi; Surxondaryoda 500 so`m, Buxoro, Navoiy, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 2500 so`mgacha.

Sarimsoq piyoz; Qashqadaryoda 10 ming so`m, Farg`onada 9 ming so`m, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan bo`lsa, Samarqand viloyatida 90 ming so`mgacha sotilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1