2020 yil 5 iyun kuni soat 00:00 dan 06:00 ga qadar hamda 10 iyun kuni soat 00:00 dan 06:00 gacha Nukus, Shahrisabz va Qarshi shaharlarida “UMS” MChJning barcha tashqi aloqalarni yangi kommutasiya uskunalariga o`tkazish bo`yicha texnik ishlar o`tkaziladi. Bu haqda “O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shuning uchun Qoraqalpog`iston respublikasi va Qashqadaryo viloyati abonentlariga ko`rsatilayotgan aloqa va ma`lumot uzatish xizmatlari sifati yomonlashishi mumkin.