1

«O`zbektelekom» faol turistik hududlarda Wi-Fi tarmog`i loyihalarini kengaytiradi

Hi-tech 26.09.2015, 16:14
«O`zbektelekom» faol turistik hududlarda Wi-Fi tarmog`i loyihalarini kengaytiradi

«O`zbektelekom» AK O`zbekiston tarixiy va madaniy merosi va faol turistik hududlarida Wi-Fi tarmog`i loyihalarini rivojlantirishni davom ettirmoqda.
ICT WEEK Uzbekistan-2015 haftaligi doirasida Samarqand shahrida «AKT va turizm» mavzusida konferensiya o`tkazildi.
«O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi mazkur konferensiyada tarixiy va madaniy meros obektlari hududlarida, shuningdek, O`zbekiston Respublikasida belgilangan faol turistik jamoat obektlarida simsiz abonentlik radiulanish tarmoqlarini tashkil etish bo`yicha loyihasini yanada rivojlantirish rejalarini taqdim etdi.
2014 yilda «O`zbektelekom» AK Xorazm viloyatida tarixiy muzey shahri «Ichan Qal`a»da optik aloqa kanallarini tashkil etish va tegishli radiouskunalarini o`rnatish yo`li bilan simsiz abonentlik radioulanish test hududi foydalanish uchun ishga tushirildi.
Simsiz Wi-Fi -tarmog`idan test uchun foydalanish natijalariga ko`ra, respublikamiz mehmonlari va aholisi uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida kompaniya tomonidan Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatida tarixiy va madaniy meros obektlarida, shuningdek, turistik hududlar, mehmonxona, aeroport va vokzallarda simsiz Wi-Fi -tarmog`ini qurish tijorat loyihasi amalga oshirildi.
Bugungi kunda «O`zbektelekom» AK tomonidan Wi-Fi texnologiyasi bo`yicha Internet tarmog`iga ulanishni taqdim etuvchi uskunalarni barcha montaj va sozlash ishlari yakuniga etdi, shuningdek, Internet xizmatidan foydalanish uchun oldindan to`lovli kartalar chiqarildi.
Umumiy hisobda O`zbekistonning tarixiy va madaniy merosi va turisttik jihatdan faol 40tadan ortiq ob`ekt Internetga yuqori tezlikda simsiz ulanish bilan qamrab olinadi.
Kompaniya rejalariga O`zbekistonning butun hududi bo`ylab Wi-Fi tarmog`ini kengaytirish kiritilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1