1

Ayni paytda koronavirusga chalingan 2 bemorning ahvoli o`ta og`ir — Nurmat Otabekov

Jamiyat 04.06.2020, 12:13
Ayni paytda koronavirusga chalingan 2 bemorning ahvoli o`ta og`ir — Nurmat Otabekov

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalingan bemorlar ahvoli haqida ma`lumot berdi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 3 ming 874 nafarga etdi. 3 iyun kuni 106, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 14 nafar, ya`ni 78 foizdan ziyod bemor to`liq sog`aydi. Sog`liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, shifoxonalarda 844 bemor davolanmoqda, 9 nafarining ahvoli og`ir, 2 nafarining ahvoli o`ta og`ir. 48 mingdan ko`proq fuqaro karantin muddatini o`tayapti. Ularning 21 mingdan ortiqrog`i stasionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1