Koronavirus alomatlarini 3 kun oldin aniqlaydigan «aqlli» uzuk yaratildi

Dunyo 04.06.2020, 13:18
Koronavirus alomatlarini 3 kun oldin aniqlaydigan «aqlli» uzuk yaratildi

«Oura» kompaniyasi COVID-19ning belgilari paydo bo`lishidan uch kun oldin aniqlay oluvchi «Health» uzugini taqdim etdi. Ushbu yangi texnologiya virus bor-yo`qligini 90 foizga to`g`ri tekshiradi.

Buning uchun uzuk sohibi har kuni ertalab kichik so`rovnomadan o`tadi va bu ma`lumotlar sun`iy intellekt algoritmi yordamida qayta ishlanadi. «Aqlli» uzuk insonning biologik ko`rsatkichlari — tana haroratini o`lchaydi, uyqu rejimi, jismoniy faollik darajasi va yurak ritmini monitoring qilib boradi.

«Integrasiyalangan, yaxlit neyrobiologik platforma tibbiyot xodimlari uchun himoya jarayonida muhim ko`makchi bo`ladi», — deydi loyiha rahbari Ali Rezai.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1