1

Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo`ladi

Jamiyat 04.06.2020, 13:28
Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo`ladi

Bu haqda Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev boshchiligida o`tgan brifingda ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, joriy yilda istisno ravishda 3ta majburiy fanlardan (ona tili, O`zbekiston tarixi va matematika) test bo`lmaydi.

Faqat 2 ta mutaxassislik fanidan test olinadi.

Shunda ballar quyidagicha belgilanadi:

1-blok - 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to`plash mumkin.

2-blok - 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Joriy yil test sinovlarida xuddi o`tgan yilgidek maksimal 189 ball to`plash mumkin.

Test savollarini ishlash va javoblarni belgilash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1