Avvalroq Bosh vazir o`rinbosari Behzod Musaev boshchiligida birifing o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Unda ma`lum qilinishicha:
Abiturientlar:
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;
Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;
Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn ro`yxatdan o`tkaziladi.
Bunda abiturientlarga uydan chiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn ro`yxatdan o`tish imkoniyati yaratiladi.
Oliy ta`lim muassasalariga qabul ko`rsatkichlari ta`lim yo`nalishlari va o`qitish tili kesimida DTM hamda muayyan oliy ta`lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e`lon qilinadi.