Test sinovlarini o`tkazish karantin, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Bunda:
- abiturientlarni binoga kiritishda tana harorati o`lchanadi hamda niqob va rezina qo`lqoplari bilan ta`minlanadi;
- test sinovlari o`tkaziladigan bino hududi va ichki qismida kuniga 4 marta dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.
Test sinovlari har bir abiturientga kamida 3 kv.m. o`lchamda joy ajratilgan holda sig`imi 650-700 kishidan oshmagan binolarda o`tkaziladi.
Test sinovlari 2019 yilda o`tkazilgan 64 ta binodan foydalangan holda, kunlik uch smenada o`tkaziladi. Bunda, bir smenada 24654 (2019 yilda 35220) nafar, kunlik 73962 (2019 yilda 70440) nafargacha abiturient test sinovlarini topshirishi mumkin bo`ladi.