AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyadan O`zbekistonga oltinchi bor gumanitar yordam yuborildi

'Janubiy Koreyadan O`zbekistonga oltinchi bor gumanitar yordam yuborildi'ning rasmi

Janubiy Koreyadan O`zbekistonga gumanitar yordamning navbatdagi – oltinchi partiyasi yuborildi. O`zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasi tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu yordamning umumiy qiymati 28 ming dollar, deya baholangan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

22 ta ko`p funksional tibbiy ko`rpa-to`shak va avtomat mexanizmdan iborat yuk "O`zbekiston havo yo`llari" AJ charter yuk reysida yuborildi. Mahsulotlar Janubiy Koreyaning BOMI Engineering & Construction kompaniyasi ko`magida tashkil etilgan.

Gumanitar yordamning kelishi bugun, 4 iyun kuni kutilmoqda.

Ta`kidlash joizki, elchixona 2020 yil aprel-iyun oylarida umumiy og`irligi 27,5 tonna, umumiy qiymati 1,2 million AQSh dollaridan ortiq miqdordagi gumanitar yordamni O`zbekistonga yubordi. Uni, asosan, zamonaviy, yuqori sifatli va ko`chma tibbiy asbob-uskunalar, materiallar va jihozlar tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar