1

Ayni paytda O`zbekistonning oltita hududida koronavirus aniqlandi

Jamiyat 06.06.2020, 17:07
Ayni paytda O`zbekistonning oltita hududida koronavirus aniqlandi

2020 yil 6 iyun soat 17:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4064 (+42) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 24 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Sirdaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib, karantinga olinganlar orasida, 2 nafar Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, 6 nafari Namangan viloyati, 3 nafari Toshkent shahrida va yana  3 nafari  esa Xorazm viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni paytda yurtimizda 3247 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 801 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1