Nurmat Otabekov: Koronavirusdan davolanayotgan 11 bemorning ahvoli og`ir, 3 nafarining ahvoli o`ta og`ir

Jamiyat 07.06.2020, 11:25
Nurmat Otabekov: Koronavirusdan davolanayotgan 11 bemorning ahvoli og`ir, 3 nafarining ahvoli o`ta og`ir

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning ma`lum qilishicha, mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 182 nafarga etdi.

5 iyun kuni 21, kasallik qayd etilgandan buyon esa 3 ming 268 nafar, ya`ni 79 foizdan ziyod bemor to`liq sog`aygan. Sog`liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma`lumotga ko`ra, shifoxonalarda 896 bemor davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli og`ir, 3 nafarining ahvoli o`ta og`ir. 49 mingdan ko`proq fuqaro karantin tadbirlari bilan qamrab olingan. Ularning 22 mingdan ortiqrog`i stasionar sharoitda karantinga joylashtirilgan.

" Hurmatli yurtdoshlar!

Koronavirus kasalligi bo`yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Keyingi paytlarda kasallikning aholi orasida qayd etilishi ham ortib boryapti. 4 iyun kuni 13 holatda kasallik aholi orasida qayd etilgan bo`lsa, 5 iyun kuni bu ko`rsatkich 17 taga, 6 iyun kuni esa 20 taga etdi.

Bundan ko`rinib turibdiki, vaziyat o`ta jiddiy, aholi orasida kasallikka chalinganlar bor. Demak har birimiz ko`chaga chiqish va muloqotga kirishish jarayonida kasallikni yuqtirib olishimiz mumkin. Shunday ekan, doka niqob taqib yurish, masofani saqlash, qo`llarni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirib turish singari barcha tavsiyalarga amal qiling," - deydi N.Otabekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1