1

Karantin talablari yumshatilmoqda, ammo xushyorlikni unutmaylik! Biznes-Ombudsman tadbirkorlarga murojaat qildi

Iqtisodiyot 09.06.2020, 00:48
Karantin talablari yumshatilmoqda, ammo xushyorlikni unutmaylik! Biznes-Ombudsman tadbirkorlarga murojaat qildi

Biznes-Ombudsman matbuot xizmati tadbirkorlar biznes yuritishda karantin va sanitariya qoidalariga qat`iy rioya qilishi lozimligini ta`kidladi. 

"Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko`rsatishining barqarorligini ta`minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlarni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Prezidentimizning bir qancha Farmon va  Qarorlari qabul qilindi.

Farmon va  qarorlari bilan tadbirkorlarga soliq, bank kreditlarining muddatlarini uzaytirish, tadbirkorlar faoliyatida soliq auditi tekshirishlariga moratoriy e`lon qilinganligi va boshqa bir qancha imtiyozlar taqdim etildi.

Bu bilan pandemiya sharoitida tadbirkorlar qo`llab-quvvatlandi va ularni bankrotlik holatiga tushib qolmaslik bo`yicha choralar ko`rildi.

Maxsus komissiya qaroriga asosan 2020 yil 5 iyundan boshlab:

mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyatiga (xostellar bundan mustasno);

uy mehmonxonalari va soliq organlarida ro`yxatdan o`tgan dala hovlilar (dachalar) faoliyatiga (faqat oilaviy mehmonlarga xizmat ko`rsatish uchun);

mehmonxonalar, sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, plyajlar, boshqa dam olish maskanlarida joylashgan hamda ochiq havoda xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga;

individual shug`ullanish uchun trenajer zallari va basseynlar faoliyatiga;

ta`lim markazlari, to`garaklar (10 kishidan ko`p bo`lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda) faoliyatiga, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatiga;

15 iyundan boshlab esa:

umumiy ovqatlanish ob`ektlari, buyum bozorlari faoliyatiga;

maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatiga;

hududlar o`rtasidagi avtobus qatnovlariga ruxsat berilmoqda.

O`z navbatida o`rnatilgan karantin qoidalariga qat`iy rioya qilish, jumladan:

jamoat joylari va tadbirkorlik faoliyati ob`ektlarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, uch kishidan ortiq yig`ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanish;

dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do`konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 370S va undan yuqori bo`lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko`rish;

barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to`shak”lar bilan ta`minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta`minlash, shuningdek faoliyat turlari bo`yicha belgilangan sanitariya qoidalari va me`yorlariga rioya qilish har birimizning burchimiz va mas`uliyatimiz ekanligini unutmasligimiz lozim.

Shu sababli, Tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan o`z faoliyatlarida belgilangan karantin qoidalari, sanitariya qoidalari va me`yorlariga qat`iy rioya qilgan holda amalga oshirishingizni so`rab qolamiz".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1