1

Oltin zaxirasi bo`yicha reyting e`lon qilindi. O`zbekiston Saudiya Arabistonidan bitta yuqori o`rinni egalladi

Iqtisodiyot 10.06.2020, 09:00
Oltin zaxirasi bo`yicha reyting e`lon qilindi. O`zbekiston Saudiya Arabistonidan bitta yuqori o`rinni egalladi

Germaniyaning dunyo qimmatbaho metallar va xom-ashyo bozoriga ixtisoslashgan Goldseiten.de internet-sahifasida mamlakatlarning oltin zahiralari bag`ishlangan World Gold Council (Jahon oltin kengashi) hisoboti to`g`risida ma`lumot berildi.

Jahon oltin kengashining 2020 yil 1 iyundagi hisobotiga ko`ra, 335,9 tonna oltin zaxirasiga ega O`zbekiston dunyoda 17-o`rinda turibdi. Bu mamlakat valyuta zaxirasining 59,1 foizini tashkil etadi, deyiladi hisobotda. Undan keyingi o`rinda Saudiya Arabistoni (323,1 tonna, 3,4 foiz).

Hisobotda birinchi o`rinni AQSh egallab turibdi - 8 133,5 tonna, ikkinchi o`rinda - Germaniya (3 363,6 tonna), uchinchida esa - Xalqaro valyuta jamg`armasi (2 814,0 tonna).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1