1

1 avgustdan so`ng "import mashina" narxi qancha bo`ladi?

Iqtisodiyot 10.06.2020, 13:40
1 avgustdan so`ng "import mashina" narxi qancha bo`ladi?

Norma ekspertlari engil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi qanchaga o`zgarishini ma`lum qilishdi.

Deylik, hajmi 1000 kub sm.dan ortiq bo`lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.

2020 yil 1 avgustga qadar:

Bojxona to`lovi — 3240$ (avtomobil o`rtacha narxining 54%i);

Aksiz solig`i — 1920$ (avtomobil o`rtacha narxining 32%i);

QQS — 1674$ (avtomobil o`rtacha narxining, bojxona to`lovi va aksizning 15%i);

Bojxona yig`imi — 25$

Utilizasiya yig`imi — 0.

Shunda jami “rastamojka” to`lovi 6859$ bo`lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.

2020 yil 1 avgustdan keyin:

Bojxona to`lovi — 3240$ (avtomobil o`rtacha narxining 54%i);

Aksiz solig`i — 0;

QQS — 1386$ (avtomobil o`rtacha narxining, bojxona to`lovi va aksizning 15%i);

Bojxona yig`imi — 25$

Utilizasiya yig`imi — 659$ (BHMning 30 baravari dollarda).

Shunda jami “rastamojka” to`lovi 5310$ bo`lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549$.

Shu bilan birga, hajmi 3000 kub sm.dan ortiq bo`lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo`lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30000 dollar. 1 avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.

Shunday qilib, 1000 kub sm.gacha bo`lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12%ga, 3000 kub sm.dan ortiq bo`lgan va 3500 kub sm.dan yuqori bo`lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10%ga arzonlaydi, deb xulosa qiladi Norma ekspertlari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1