1

"O`zbekneftgaz" tarixida ilk marta mustaqil audit o`tkazildi

Iqtisodiyot 11.06.2020, 08:00
"O`zbekneftgaz" tarixida ilk marta mustaqil audit o`tkazildi

Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta`minlash, neft-gaz tarmog`ini moliyaviy sog`lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarorning ijrosini ta`minlash maqsadida, "O`zbekneftgaz" AJda xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb qilgan holda mustaqil tashqi audit o`tkazildi. Bu haqda jamiyat Matbuot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, Shtab kvartirasi Londonda joylashgan "Ernst & Young", dunyodagi yirik auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Jahondagi 150 mamlakatdagi yirik korxonalar faoliyati bo`yicha audit o`tkazadigan ushbu kompaniya "O`zbekneftgaz" AJ faoliyati bo`yicha o`z audit xulosasini berdi.

"O`zbekneftgaz" AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`iga asosan, "O`zbekneftegaz" AJ, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, gazni qayta ishlash zavodida Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish bo`limlari tashkil etildi.

"O`zbekneftegaz" AJda xalqaro korporativ kredit reytingini olish xamda xorijiy investisiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) joriy etish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, unga muvofiq, "O`zbekneftegaz" AJ 2016 – 2019 yil uchun barcha konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlari xalqaro reyting agentligiga taqdim etilmoqda.

Ushbu audit xulosasi orqali "O`zbekneftgaz" AJ xalqaro reyting agentliklari, moliyaviy va yuridik konsultantlar bilan hamkorlikda korporativ kredit reytingini olish, savdolar, aktivlar rentabelligi, aktivlar va majburiyatlarning aylanishi darajasi hamda boshqa ko`rsatkichlar bo`yicha xalqaro amaliyot asosida belgilanadigan minimal talablarni amaliyotga joriy etishni maqsad qilgan.

Shuningdek, joriy yilda hisob va hisobot bo`yicha xalqaro standartlar (ISAR)ning tamoyillari va talablariga muvofiq hisobot e`lon qilishning korporativ standartlarini joriy etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS)ni qo`llash hamda har chorakda faoliyatning asosiy yo`nalishlari bo`yicha moliyaviy hisobot tuzish va e`lon qilish ham rejalashtirilgan. 

Global hisobot tashabbusi (GRI)ga muvofiq, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo`yicha hisobot chop etish ishlari ham amalga oshirilishi belgilandi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1