2020 yilni 15 iyunda General Motors bilan tuzilgan kelishuv doirasida UzAuto Motors Rossiya Federasiyasida Chevrolet rusumli ommaviy avtomobil segmentini sotuvi boshlanganligini e`lon qildi.
Rossiyalik xaridorlarga taqdim etiladigan ilk modellar Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt bo`ladi.
General Motors va UzAuto Motors tomonidan erishilgan kelishuv shartlariga ko`ra, ushbu modellar Belarus Respublikasi va Qozog`istonning eksport bozorlarida ham sotilmoqda.
UzAuto Motors’ning Rossiya bozoridagi rasmiy distribyutori «Keles Rus» MChJ ta`kidlaganidek, ushbu avtomobillarning raqobatdagi ustunligi narx, jihozlanganlik va sifatning o`zaro nisbati hisoblanadi.
Chevrolet Spark — bu Rossiya avtomobillar bozorida avtomat uzatmali A sinfiga mansub eng raqobatbardosh model taklif sanaladi. Ixcham Spark shahar xetchbeki 1,25 litr (85 ot kuchi) dvigatel va Yaponiyaning AISIN Seiki Co Ltd. ishlab chiqaruvchisidan avtomatik uzatma bilan jihozlangan. Model uchta komplektasiyada mavjud: LS AT, LT AT va LTZ AT. Narxi 719 900 rubldan.
Hozirgi kunda eng raqobatbardosh bo`lgan V sinfiga mansub Chevrolet Nexia va Chevrolet Cobalt 6 bosqichli avtomat uzatma qutisi mavjudligi bilan ajralib turadi, Cobalt esa boshqa qulayliklar bilan bir qatorida qulay, keng ichki va eng katta yukxonasiga (563 litr) egaligi bilan iste`molchi uchun muhim.
1,5 litr (105 ot kuchi) dvigateliga ega Chevrolet Nexia to`rt kompletkasiyada taqdim etilgan: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT modellarida taqdim etiladi. Narx 699 900 rubldan.
1,5 litrli dvigatelga ega (106 ot kuchi) Chevrolet Cobalt to`rt komplektasiyada mavjud: LS MT, LT MT, LT AT va LTZ AT. Narxi 749 900 rubldan.
Savdo boshlanishi bilan bir vaqtda «Keles Rus» MChJ hamkorlar bilan birgalikda Chevrolet modellarini imtiyozli shartlarda sotib olishni ta`minlaydigan bir qator moliyaviy dasturlarni va treyd-in (mijozning avtomobilini yangisiga almashtirish) yo`lga qo`yadi.
Avtomobillarni taqsimlash tizimi Rossiyada bir qator mavjud dilerlar va “Djeneral Motorz Avto” MChJning vakolatli xizmat ko`rsatish markazlari, shuningdek mavjud Ravon dilerlarining bir qismi, ularning jo`g`rofiy joylashuvi va tovar standartlariga muvofiqlik darajasini hisobga olgan holda tashkil etadi. Bugungi kunda Rossiya hududidagi yirik shaharlarda joylashgan o`nlab dilerlik korxonalari Chevrolet dilerlik kompaniyasining dilerligi uchun da`vo qilmoqda. Ulardan bir nechtasi bugundanoq ish boshlamoqda va yaqin kelajakda dilerlar tarmog`i Moskva, Sankt-Peterburg, Rostov-Don va milliondan ortiq aholiga ega boshqa shaharlarda yangi hamkorlar tufayli kengayadi. Dilerlik korxonalari tavsiya etilgan brend standartlariga muvofiq barcha xizmatlarni taqdim etadilar, deyiladi kompaniya xabarida.