AsosiyIqtisodiyot

Oltin narxi bir oylik cho`qqiga chiqdi, koronavirus sababli oltin zaxiralariga bo`lgan talab oshmoqda

'Oltin narxi bir oylik cho`qqiga chiqdi, koronavirus sababli oltin zaxiralariga bo`lgan talab oshmoqda'ning rasmi

Dushanba kuni oltin narxi so`nggi bir oy ichida eng yuqori darajaga ko`tarildi, chunki sarmoyadorlar koronavirus bilan holatlar soni ko`paygani sari o`z pullarini barqaror metall ko`rinishida saqlashni afzal ko`rmoqdalar. Butun dunyo global iqtisodiyotning tiklanishi kechikishidan xavotir olmoqda.

«Mablag`ni oltin ko`rinishida saqlash bozorni nisbatan barqaror shaklda ushlab turishga yordam beradi. Umuman, infeksiya bilan bog`liq xavotirlar sabab iqtisodga sezilarli bosim bo`lmoqda”, dedi CMC Markes bosh strategi Maykl MakKarti.

«Bozor o`sish istiqbollari nuqtai nazardan valyutani oltin ko`rinishida saqlashni qo`llab-quvvatlaydi».

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti yakshanba kuni koronavirus bilan kasallanish holatlari rekord darajada ko`payganligini ma`lum qildi. 24 soat ichida bu ko`rsatkich 183,020 ga oshgan.

    Boshqa yangiliklar