O`zbekistonga 500 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi

Iqtisodiyot 25.06.2020, 14:10
O`zbekistonga 500 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit ajratiladi

2020 yil 25 iyun kuni Osiyo Taraqqiyot Bankining Direktorlar Kengashi koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga salbiy ta`sirini kamaytirish uchun O`zbekiston Respublikasiga 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag`larini ajratish bo`yicha qarorni bir ovozdan ma`qulladi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lumot uchun: 500 mln. AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli qarz mablag`lari 15 yil muddatga (shundan, 3 yil imtiyozli davr) Libor (6 oylik) + spred (0,5%) yillik foiz stavkasida ajratilmoqda. Jalb qilinayotgan mablag`lar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi va davlat byudjetiga koronavirus pandemiyasi va global inqirozning salbiy ta`sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma`lum qilishicha, bu mablag`lardan 

- o`pkani sun`iy nafas oldirish apparatlari, 

- test tizimlari, 

- shaxsiy himoya vositalarini sotib olish hamda 

- sog`liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan ayollarga alohida ijtimoiy paketlar berish uchun ham foydalaniladi.

Ushbu moliyaviy yordam mintaqaviy texnik yordam doirasida OTB tomonidan O`zbekiston hukumatiga ilgari taqdim etilgan $1 555 900 miqdoridagi grant mablag`lariga qo`shimcha ko`mak hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1