Samarqandda olis hududlarga 66 ta bankomat o`rnatiladi

Iqtisodiyot 26.06.2020, 00:06
Samarqandda olis hududlarga 66 ta bankomat o`rnatiladi

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va aholiga yanada kengroq qulayliklar yaratish maqsadida Markaziy bank Samarqand viloyat Bosh boshqarmasi tomonidan markazdan olis bo`lgan hududlarga ham bosqichma-bosqich bankomatlar o`rnatilmoqda. Bugunga qadar viloyatimiz bo`ylab 500 dan ortiq “HUMO” va  “UZCARD” to`lov tizimida ishlovchi bankomatlar o`rnatildi, deb xabar berdi Zarnews Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi naqd pul muomalasini tashkil etish boshqarmasi boshlig`i.Furqat Amedovga tayanib.

Misol uchun, Kattaqo`rg`on shahri markazidan olisda joylashgan aholiga engilliklar yaratish uchun boshqarmamiz xodimlari va AT “Xalq banki” Kattaqo`rg`on filiali bilan hamkorlikda Ingichka qo`rg`onida bank filialiga qarashli mini-bank binosiga “HUMO” to`lov tizimida ishlovchi bankomat o`rnatildi.

Shuningdek, Past Darg`om, Samarqand tumanlariga 6, Bulung`ur, Jomboy, Kattaqo`rg`on, Narpay, Payariq tumanlariga 5, Ishtixon, Oqdaryo, Urgut, Nurobod va Paxtachi tumanlariga 4, Kattaqo`rg`on shahri, Qo`shrabot va Toyloq tumanlariga 3 tadan, jami 66 ta qo`shimcha bankomatlar o`rnatilishi rejalashtirilgan. Hozirda rejadagi 28 ta bankomatni o`rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga Ingichka qo`rg`onida Prezidentimizning 2017 yil 15 fevraldagi “Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Qarori ijrosi bo`yicha o`rganishlar ham olib borildi. Hududdagi tadbirkorlar tomonidan ushbu qaror talablariga amal qilinayotganligini o`rganish maqsadida savdo do`konlari tanlov asosida kuzatilib, ularning hisob-kitob terminallari bilan ta`minlanganlik darajasi o`rganildi. Qonuniy faoliyat yuritayotgan sub`ektlar hisob-kitob terminallari bilan ta`minlanganligi hamda hisob-kitob terminallaridan ancha samarali foydalanilayotganligi kuzatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1