1

Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

Iqtisodiyot 26.06.2020, 15:52
Uzcard javobgarlikka tortilishi mumkin

So`nggi vaqtlarda «Yagona umum respublika prosessing markazi» MChJ (Uzcard brendi ostida bank plastik kartochkalari emitasiya qiladi) tomonidan banklardagi onlayn-omonatlar uchun yana to`lov olishni boshlagani haqida xabar jamoatchilik orasida noroziliklarni keltirib chiqargan edi.  Shunga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi bozorda ustun mavqega ega bo`lgan «Yagona umum respublika prosessing markazi» MChJ MChJ tomonidan tijorat banklaridan olinadigan onlayn omonatlar xizmati uchun komissiyasini o`rnatilishining maqsadga muvofiqligini o`rganish bo`yicha o`rganishlarni boshlagan edi va ayni paytda o`z ishini davom ettirmoqda. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Keltirilishicha, bugungi kunga kelib «Yagona umum respublika prosessing markazi» MChJdan Qo`mita tomonidan so`ralgan tegishli ma`lumotlar to`liq berilmagani sababli, o`rganish muddatini cho`zilishiga sabab bo`lmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, agar, «Yagona umum respublika prosessing markazi» MChJ tomonidan so`ralgan ma`lumotlar taqdim etilmasa, O`zbekiston Respublikasining “Raqobat to`g`risida”gi Qonunning 27-moddasiga binoan, mazkur xo`jalik yurituvchi sub`ektning ma`muriyati ma`muriy javobgarlikka tortilishi mumkin, deyiladi xabarda. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1