O`zbekistonda sement narxi nega ko`tarildi?

Iqtisodiyot 30.06.2020, 16:22
O`zbekistonda sement narxi nega ko`tarildi?

2020 yilning yanvar-iyun oylarida birjada barcha markali sementning o`rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 499,0 ming so`mdan 792,0 ming so`mgacha, ya`ni 59 foizga o`sdi. Narxlarning o`sishi asosan joriy yilning may–iyun oylariga, ya`ni qurilish mavsumining boshlanish davrlariga to`g`ri kelmoqda, deya ma`lumot bermoqda «O`zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi axborot xizmati.

O`tgan davrda birja savdolariga jami 4 075,0 ming tonna sement qo`yilgan bo`lib, ulardan 4 044,0 ming tonnasi, ya`ni 99,3 foizi sotildi. Bunda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan 28 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalaridan 16 tasi o`z mahsulotlarini birja savdolari orqali realizasiya qilgan.  

 Sementga bo`lgan talab va narxlarning oshishiga karantin talablarining bosqichma-bosqich yumshatilishi natijasida qurilish ishlarining jadallashuvi, sotuvchi korxonalar tomonidan birja savdolariga qo`yilayotgan sement hajmlarining o`rtacha 25 foizga pasaytirilganligi hamda sement mahsuloti importi hajmlarining o`tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 3 barobarga kamayganligi sabab bo`ldi.

Birjaning sement bozorida talab va taklifning mutanosibligi hamda sement narxlarining barqarorligini bozor iqtisodiyotiga xos vositalaridan foydalangan holda ta`minlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, «O`zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va sement sotuvchi korxonalar vakillaridan tashkil etilgan Ishchi guruhi  tomonidan ko`rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 29 iyun kuni birja savdolarida sementning o`rtacha sotilish narxi 1 kg. uchun 792 so`mdan 754 so`mga yoki 5 foizga pasaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1