1

"Mir" O`zbekistonga pul o`tkazish tizimini ishga tushirdi

Iqtisodiyot 30.06.2020, 19:06
"Mir" O`zbekistonga pul o`tkazish tizimini ishga tushirdi

Rossiyaning «Mir» to`lov tizimi kartalari egalari uchun O`zbekiston va Qirg`izistonga pul o`tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu haqda kommersant.ru ga tayanib xabar qildi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Matbuot xizmati. 

Endilikda, «Mir» kartalaridan Uzcard (O`zbekiston) va ELKART (Qirg`iziston) to`lov tizimlarida ishtirok etuvchi istalgan bankning kartalariga pul o`tkazmalarini amalga oshirish mumkin.

«Mir» operatorining ma`lum qilishicha, mijozlar komission to`lovlar, shu jumladan valyutani konvertasiya qilishda 3 foizgacha tejashi mumkin. Mamlakat tashqarisiga pul o`tkazish uchun 4 foizgacha umumiy komissiya olinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1