Hukumat sement importini engillashtirish topshirig`ini berdi

Iqtisodiyot 05.07.2020, 09:11
Hukumat sement importini engillashtirish topshirig`ini berdi

Sement importi bo`yicha cheklovlar bekor qilinganligiga qaramasdan joriy yilning iyun –iyul oylarida birjaning sement bozorida talabning sezilarli darajada o`sishi natijasida narxlarning oshishi holatlari kuzatilmoqda.

2020 yilning yanvar-iyun oylarida birjada barcha markali sementning narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 502,0 ming so`mdan 797,0 ming so`mgacha, ya`ni 59 foizga o`sdi. Narxlarning o`sishi asosan joriy yilning may–iyun oylariga, ya`ni qurilish mavsumining boshlanish davrlariga to`g`ri kelmoqda.

Sementga bo`lgan talab va narxlarning oshishiga amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi hamda sement mahsuloti importi hajmlarining kamayganligi sabab bo`lmoqda.

Hukumat topshiriqlariga asosan sement narxining shakllanishiga birja tomonidan har bir xaridor uchun 114,0 tonna miqdoridagi kunlik limitning qo`llanilishi o`z ijobiy ta`sirini ko`rsatib, o`tgan savdolarda sement mahsulotini xarid qilgan ishtirokchilarning soni deyarli ikki barobarga ko`payib, 540 nafarni tashkil etdi.

2020 yilning 26 iyun kuni 1 tonna sementning o`rtacha narxi 797,0 ming so`mni tashkil etgan bo`lsa, 30 iyun kuniga 728,9 ming so`mni tashkil etdi (8,5 foizga arzonlashgan).

Biroq mazkur tadbir ham sementga bo`lgan talabning yuqoriligi sababli narxlarni sezilarli darajada tushirilishiga va talabning qondirilishiga etarlicha ta`sir etmadi.

Sementga bo`lgan talabning mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan to`liq qoplab berilmayotganligi sababli, import sementga ham extiyoj oshmoqda. Lekin bu holatda ham tadbirkorlar ma`lum qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Xususan, bugungi kunda GOST 31107-2016 va GOST 10178-85 me`yoriy hujjatlari talablariga asosan, import asosida olib kirilgan sement mahsulotini bojxonada rasmiylashtirish uchun 28 kun laboratoriya sinovlaridan o`tkaziladi hamda ijobiy laboratoriya xulosasi mavjud bo`lgan taqdirda ichki bozorda realizasiya qilinadi. Buning hisobiga importidan sement mahsulotini olib kirish hajmlari oldingi davlarga nisbatan sezilarni kamaygan.

Ushbu masala bo`yicha Vazirlar Mahkamasida bo`lib o`tgan yig`ilishda, sement bozorida taklif darajasini ko`tarish va ichki bozorni usluksiz ravishda sement bilan ta`minlash maqsadida Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi, “O`zstandart” agentligi, Davlat bojxona qo`mitasi va “O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasiga sement mahsulotini import asosida olib kirishda mavjud notarif to`siqlarni bartaraf etish, bunda sifatsiz sement import qiluvchilarni javobgarligini kuchaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish va tegishli qaror loyihasini tez kunlarda kiritish topshirig`i berildi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo`mitasi Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1