1

“Agrobank” tizimida 5800 nafar mijozning faoliyati to`xtab qolgan. Ko`plab muammoli kreditlar yuzaga kelishi mumkin

Iqtisodiyot 07.07.2020, 09:26
“Agrobank” tizimida 5800 nafar mijozning faoliyati to`xtab qolgan. Ko`plab muammoli kreditlar yuzaga kelishi mumkin

Davlatimiz rahbari raisligida bank sohasida strategiya ijrosi va transformasiya jarayoni muhokamasiga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda tijorat banklar faoliyati tanqidiy ko`rib chiqildi va bir qator dolzarb vazifalar belgilab berildi.Birinchi navbatda banklarda transformasiya jarayoni etarli darajada faol olib borilmayotganligi ko`rsatib o`tildi.

Yig`ilishda pandemiya davrida bankning quyi bo`g`inlarida ish tartibini tubdan o`zgartirib, mijozbay usulida ishlash, ularning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, mijoz bilan yaqin hamkorlikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish vazifasi muhokama qilindi.

Hozirgi kunda “Agrobank” tizimida 5800 nafar mijozning faoliyati to`xtab qolgan. Ular faoliyatini tahlil qilganimizda yil oxiriga borib 1280 nafar mijozimizning 1 trln. 184 mlrd. so`mlik muammoli kreditlari yuzaga kelishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi Rustam MAMATQULOV.

“Agrobank” ATB tomonidan hozirgi kunda transformasiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida “Yo`l xaritasi” ishlab chiqilib, xalqaro toifadagi konsalting kompaniyalari jalb qilindi.

Muhtaram Yurtboshimiz muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo`yicha ta`sirchan mexanizm ishlab chiqish bo`yicha aniq ko`rsatmalar berdi. Mazkur ko`rsatma yuzasidan bankning mas`ul xodimlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, hududlarga chiqqan holda mijozlarga amaliy yordam ko`rsatish rejalashtirilmoqda.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1