1

Tadbirkorlarga er va bino-inshootlar ajratishni elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo`yildi.

Siyosat 08.07.2020, 22:29
Tadbirkorlarga er va bino-inshootlar ajratishni elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo`yildi.

Bugun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda byudjet tushumlarini so`zsiz ta`minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.

O`tgan yilda ro`yxatdan o`tgan tadbirkorlarning, ya`ni, yangi biznes sub`ektlarining 23 mingtasi yoki 24 foizi bugungi kunda faoliyat ko`rsatmayapti. Mas`ul rahbarlar ular bilan muloqot qilishi, tez fursatlarda ularni ishga tushirish choralari ko`rilishi belgilandi.

Bunda tadbirkorga ko`proq sharoit yaratib berish, jumladan, elektr, gaz, suv ta`minoti, yo`l, kredit bilan bog`liq masalalarni echib berish lozimligi ko`rsatib o`tildi.

Faoliyat boshlayotgan kichik biznesni qo`llab-quvvatlashning mutlaqo yangi tizimini ishlab chiqish topshirig`i berildi. Bunda tadbirkorni maxsus kurslarda o`qitish, sub`ektni ro`yxatdan o`tkazish, asbob-uskuna sotib olish xarajatlarining bir qismiga grant ajratish nazarda tutiladi. Ushbu tizimning vertikal ijrosini ta`minlash uchun hozirda faqat respublika darajasida faoliyat yuritayotgan Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi ishini tumangacha tushirish lozimligi qayd etildi.

Xizmat ko`rsatishni rivojlantirish uchun eng qulay, ko`p va yuqori daromadli ish joylari tashkil etish mumkin bo`lgan 31 ta o`rta shaharlarda infratuzilmani yaxshilash, er resurslari va bino-inshootlardan to`g`ri foydalanish, rejalashtirish, boshqaruv va jamoat transportini to`g`ri tashkil etish aholi daromadi o`sishiga keskin turtki beradi.

Ushbu shaharlarni xizmat ko`rsatish markazlariga aylantirish, buning uchun shahar rahbarlariga tizim yaratish va aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish topshirig`i berildi.

Keyingi yillarda soliq tizimini isloh qilish bo`yicha aniq choralar ko`rilishi natijasida biznes ixtiyorida 2019 yilda 12 trillion so`m qoldi, 2020 yilda yana 11 trillion so`m mablag` qolishi kutilmoqda. Endi yangi vazifa, ya`ni, “Soliq idorasi – tadbirkorga ko`makchi” tizimini yo`lga qo`yish topshirig`i berildi.

Shuningdek, 1 iyuldan boshlab ilk marotaba tadbirkorlarga qo`shilgan qiymat solig`ining bir qismini qaytarish mexanizmi amalga kiritildi. Ushbu yangilik orqali joriy yilning birgina uchinchi choragida tadbirkorlarga 700 milliard so`mni aylanma mablag` sifatida o`zida qoldirish imkoniyati yaratilmoqda.

Shu munosabat bilan, mutasaddilarga ushbu yangi tizim imkoniyatlarini barcha tadbirkorlar e`tiboriga etkazish va ijrosini barcha hududlarda samarali tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Undan tashqari, Prezident joylarda haligacha tadbirkorlarga er va bino-inshootlar ajratishda ko`plab to`siqlar mavjudligini ko`rsatib o`tdi. Bularni ochiq savdoga, elektron auksionga chiqarish jarayonlarini jonlantirish vazifasi qo`yildi.

– Sohadagi o`zgarishlarni odamlar sezishi kerak, televidenie va ijtimoiy tarmoqlarda buni keng yoritib borish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1